Jamiyat

Qozogʻiston elchisi bilan eksport masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston eksportni va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori Qozogʻiston elchisi bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Oʻzbekiston eksportni va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida Qozogʻiston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, “Jahon” AA xabariga asosan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida qoʻshnichilik va hamkorlik munosabatlari  yanada mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek respublikalar orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari, bozor talablari asosida mahsulot va xizmatlar eksporti uchun yangi imkoniyatlar  yaratish, yangi va ishonchli hamkorlar topish masalalari oʻrganib chiqildi.

 

Oʻzbekistonda eksport va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi direktori J. Mustafoyev, raqobatbardosh mahsulotlar turi koʻpayishi, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash  choralari va chet el sarmoyalarini jalb qilish tufayli  - Respublikada qulay tadbirkorlik muhiti yaratilganini xabar qildi.

Mustafoyev aytishiga qaraganda Oʻzbekiston birinchi prezidentining 2016 yil 16 mart kuni qabul qilingan “Eksportni va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qarori jamgʻarma faoliyatini yanada kengaytirdi.

Ushbu yilning toʻqqiz oyi davomida jamgʻarma 2100 tadbirkorga mahsulotni tashqi bozorga eksport qilish borasida yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar  koʻrsatdi. Shu bilan bir vaqtda 286 tadbirkor Qozogʻistonga umumiy qiymati 126 mln dollarlik mahsulot eksport qildi. Olma-otada boʻlib oʻtgan xalqaro “Mebel va interyer-2016” koʻrgazmasida Oʻzbekistonlik tadbirkorlar qiymati 2 mln  dollarlik shartnomalar imzoladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala