Yo‘lovchi samolyotni yashin urdi

© Sputnik / Aleksey Bushkin / Mediabankka o‘tishGROZA VISTAVKA
GROZA VISTAVKA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Munxen - Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyotini yashin urdi. Voqeada hech kim zarar ko‘rmadi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Germaniyadan uchib chiqqan Airbus A320 samolyotini yashir urdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Munxen aeroportidan uchgan samolyot osmonga ko‘tarilishi bilan kuchli chaqmoqqa duch kelgan. Yashindan samolyotning tumshuq qismi kuygan. Ekipaj komandiri bo‘lib o‘tgan voqea haqida dispetcherlarga xabar bergan.

Kutilmagan voqeaga qaramasdan samolyot  Moskvaning Shermetyevo aeroportiga eson-omon yetib kelib qo‘ngan. Samolyotni ko‘zdan kechirgan mutaxassislar kabina oynasi ostida yashin urishidan paydo bo‘lgan teshik topishgan.

Samolyot parvozlardan chetlatilgan, voqeadan hech kim zarar ko‘rmagan.

Yangiliklar lentasi
0