Dunyoda

Suriya Qrimni Rossiya hududi sifatida tan oldi

Ukrainada 2014 yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarilishidan keyin, Qrim yarim orolining 95% aholisi Rossiya bilan qayta birlashish uchun ovoz bergan edi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Suriya Qrimni Rossiyaning ajralmas boʻlagi sfatida tan oldi, dedi Suriya parlamenti vakili Xadiya Abbas, Sputnik axborot agentligiga bergan intervyusida.

“…Biz Qrimni Rossiyaning ajralmas boʻlagi siftida tan olamiz”, — dedi Xadiya Abbas.

Uning soʻzlariga qaraganda Rossiya va Suriya orasidagi munosabatlar strategik ahamiyatga ega. Suriya hukumati ikki davlat munosabatlarini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va konsullik sohalarda rivojlantirishga harakat qiladi.

Xadiya Abbas aytishiga qaraganda, Qrim Sovet Ittifoqining boʻlagi boʻlgan. Ittifoq boʻlinganidan hozirgi vaqtga qadar yuz bergan voqealardan keyin, oʻtkazilgan erkin referendum natijasida, Qrim aholisi oʻz xoxishi bilan, oʻzining asl ildiziga qaytgan.

“Ular oʻz vatanlari bilan birlashishga qaror qilishdi”, — dedi Xadiya Abbas.   

Eslatib oʻtamiz, Ukrainada 2014 yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarilishidan keyin, Qrim yarim orolining 95% aholisi Rossiya bilan qayta birlashish uchun ovoz bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala