Hodisalar

Fargʻona viloyatida vertolyot halokatga uchradi, 6 harbiy halok boʻldi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishMi-8 vertolyoti
Mi-8 vertolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi vertolyoti Fargʻona viloyatida halokatga uchradi, toʻqqiz kishi halok boʻldi, ularning 6 nafari harbiylardir, deb xabar qildi chorshanba kuni "Oʻzbekiston" telekanali

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatida vertolyot halokatga uchradi, 9 kishi halok boʻldi, ularning 6 nafari harbiylar — deb xabar qilmoqda mahalliy TV Oʻzbekiston Mudofaa vazirligidan olingan axborot asosida.

"2016 yil oʻn sakkizinchi oktyabr kuni Fargʻona viloyati hududida Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Hodisa natijasida, uch nafar ekipaj aʼzosi, hamda bortdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining olti nafar harbiylari halok boʻlgan", — deb xabar qilgan telekanal.

Vazirlik xabariga muvofiq, aviahalokat sabablarini oʻrganish uchun maxsus komissiya tashkil etilgan.

"Oʻzbekiston rahbariyati halok boʻlganlarning oila-aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala