Jamiyat

Moskvada chet elliklar amalga oshirgan jinoyatlar soni kamaymoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskva politsiyasi Xovan qabristonida
Moskva politsiyasi Xovan qabristonida - Sputnik Oʻzbekiston
Yil boshidan buyon Moskvada 130 mingta jinoyat roʻyxatga olingan. Ulardan faqat 6,4 mingi chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Moskvada chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaydi, deb xabar qildi Moskva IIBning Jamoat tartibini saqlash Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Olesya Aleshina, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

"Ushbu yilning 9 oyida Moskvada 130 mingdan ortiq jinoat roʻyxatga olingan. Ulardan 6434 jinoyat chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan. U oʻtgan yilgan qaraganda 17% ga kam", — dedi Aleshina.

MDH fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar soni oʻtgan yilning ushbu davriga qaraganda 20,7% ga kamaydi. Bundan qotilliklar — 7,7%ga, oʻgʻirliklar — 6%ga, xonadon oʻgʻirliklari soni — 8% kamaygan.

Aleshina aytishiga qaraganda, Moskvada amalga oshirilgan jinoyatlarning eng koʻpi — 1234 tasi, Oʻzbekiston fuqarolari,  976 tasi Tojikiston fuqarolari va 636 tasi Qirgʻiziston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala