Jamiyat

Soliq qoʻmitasi: murojaatlarning aksariyati terminallar ishlatilmayotgani bilan bogʻliq

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPlastik kartalar orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarni qabul qilish terminali
Plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarni qabul qilish terminali - Sputnik Oʻzbekiston
Soliq qoʻmitasi fuqarolarga ularning qonuniy huquqlari buzilsa, 244 98-98 raqamli "Ishonch telefoni"ga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtadi

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Bugungi kunda Soliq qoʻmitasining "Ishonch telefon"lariga qilinayotgan murojaatlarning aksariyati savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda toʻlovlarni bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirishda hisob-kitob "Terminal" apparatlari ishlatilmayotganligi bilan bogʻliq masalalar xususida boʻlmoqda, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri.

Jamiyat
Oʻzbekiston plastik kartalari: virtual pullar mashmashasiga qachon chek qoʻyiladi?
2016 yil 1 oktyabr holatiga davlat soliq xizmati organlarining "Ishonch telefon"lariga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 2 216 ta holatda jami 392606,7 ming soʻm miqdorida nazorat — kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 1 293 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar koʻrsatish hamda 55 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlandi, deya maʼlum qiladi Soliq qoʻmitasining axborot xizmati.

Qoʻmita fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilsa, 244 98-98 raqamli "Ishonch telefoni"ga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala