Jamiyat

IHT Gyulenning tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb eʼlon qildi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fathulloh Gyulen
Fathulloh Gyulen - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya hukumati Gyulenni toʻntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) muxolifatchi imom Fathulloh Gyulenning FETO tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb eʼtirof etdi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogʻlu deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Turk politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Turk politsiyasi Gyulen tarafdorlarini hibsga olish operatsiyasini boshladi

"Islom Hamkorlik Tashkiloti FETOni terrorchilik tashkiloti deb eʼlon qildi", — dedi Chavushogʻlu Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy toʻntarish qilishga urinishdi. Asosiy toʻqnashuvlar Anqara va Istanbulda boʻlib oʻtdi. 246 fuqaro halok boʻldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, isyon bostirildi.

Turkiya hukumati Gyulenni toʻntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishni soʻradi. Gyulenning oʻzi isyonni qoraladi va oʻzining bunga aloqasi yoʻqligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala