Jamiyat

Milliy universitetga ikki yil davomidagi uchinchi rektor tayinlandi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston milliy universiteti
Oʻzbekiston milliy universiteti - Sputnik Oʻzbekiston
Avazjon Maraximov 2010-2011 yillarda Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga Toshkent davlat Texnika universiteti texnika fanlari doktori, professori Avazjon Maraximov rektor etib tayinlandi. Bu haqda oliy oʻquv yurti saytida xabar berilmoqda.

U shu yilning mayida rektor etib tayinlangan fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Abdushukurov oʻrnini egalladi. Abdushukurovdan oldin esa 2015 yilning yozida Shuhrat Sirojiddinov universitetga rektor etib tayinlangandi.

Samarqand davlat universiteti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

Avazjon Maraximov 2010-2011 yillarda Xalq taʼlimi vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan. Ungacha esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Milliy universitetga rektor etib tayinlanguniga qadar Maraximov Toshkent davlat texnika universitetining "Boshqarishda axborot texnologiyalari" kafedrasi professori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala