Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor ona bo‘ladi

© Youtube / YouTubeNilufar Usmonova
Nilufar Usmonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nilufar Usmonova turmush o‘rtog‘ining ismini ma’lum qilmayapti

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Taniqli o‘zbek xonandasi Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor ona bo‘ladi. U bu haqda o‘zining Instagramdagi sahifasiga suratini joylash orqali ma’lum qildi.

Xonandaning muxlislari bo‘lajak onani surat ostiga izohlar yozib tabriklashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Nilufarning 11 yoshli Saida’zam, 5 yoshli Ibrohim va 4 yoshli Sulaymon ismli farzandlari bor. Nilufar Usmonova turmush o‘rtog‘ining ismini ma’lum qilmayapti, lekin ushbu nikohda xotirjamlik va bir-birini tushunish borligini tez-tez ta’kidlaydi.

Nilufar Usmonova —mashhur Yulduz Usmonovaning yagona qizi.

Nilufar Usmonova 2013-yilda turk olamining "Turkvidenie — 2013" qo‘shiqlar tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan. O‘shanda xonanda "Unutgin" qo‘shig‘ini kuylagan va 11-o‘rinni egallagan.

Yangiliklar lentasi
0