Shavkat Mirziyoyev Kuvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey SubbotinShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, hamkorlikning yangi sahifasini ochish masalalari yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh borasida fikr almashishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berilmoqda.

Kuvayt Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda tashkil etilgan 43-sessiyasida ishtirok etmoqda. Ushbu tuzilmaga raislik Kuvayt Davlatidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi.

"Uchrashuvda O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, hamkorlikning yangi sahifasini ochish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklik ko‘lamini oshirish maqsadida kelasi yilning birinchi choragida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning majlisini o‘tkazishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

Xabarda bildirilishicha, komissiyaga ikki tomondan ham Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari maqomida raislar tayinlangani O‘zbekiston va Kuvaytning katta intilish va alohida ishtiyoq bilan ishga kirishayotganidan dalolat beradi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Quvayt Elchisini qabul qildi

Uchrashuvda Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarida faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi. Hozirgi kungacha mazkur jamg‘armaning imtiyozli kreditlari hisobiga suv ta’minoti, transport infratuzilmasi va tibbiyot sohalarida umumiy qiymati 60,6 million AQSh dollariga teng 3 loyiha amalga oshirilgan. Shuningdek, kardioxirurgiya, irrigatsiya va avtomobil yo‘llarini ta’mirlash sohalarida 72,5 million dollarlik yana 4 loyiha ijrosi davom etmoqda.

Tomonlar O‘zbekiston va Kuvaytning qator mintaqaviy va xalqaro masalalarga yondashuv va qarashlari o‘xshash, ko‘p jihatdan bir-biriga yaqinligini, ikki davlatning dolzarb muammolarni yechish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, tahdidlarni bartaraf etish va xavf-xatarlarning oldini olish masalalariga qarashi bir xil ekanligini e’tirof etdilar.

Uchrashuvda munosabatlarni rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish maqsadida turli darajalarda, jumladan, oliy darajada o‘zaro tashriflarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston tashqi siyosat mahkamasi rahbarining Kuvaytga bo‘lajak tashrifi bu boradagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘lishi qayd etildi. Shavkat Mirziyoyev fursatdan foydalanib, Kuvayt Davlati Amirini O‘zbekistonga taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0