Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi uchun mamlakat Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi, deb xabar berdi partiya vakili.

"Bugun O‘zlidep qurultoyida Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun partiyamiz tomonidan ilgari surilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi", — dedi u.

Partiya vakilining aytishicha, tez orada partiya Markaziy saylov komissiyasiga nomzod ro‘yxatga olinishi uchun u haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Saylov qonunchiligiga muvofiq, nomzod ro‘yxatga olinishi uchun siyosiy partiya jami saylovchilar umumiy sonining 1 foizi (214 ming 350 nafar saylovchi) imzosi qo‘yilgan imzo varaqalarini taqdim etishi kerak. Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 30-oktabrda yakunlanadi.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlarda ishtirok etadigan barcha nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan to‘rtta siyosiy partiyaga prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun ruxsat berish haqida qaror qabul qildi. Bugungacha O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov Prezidentlikka nomzod etib tasdiqlanishgandi.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0