Jamiyat

Toshkentda yangi kelinlar bir oy ichida doimiy roʻyxatga olinadi

© Sputnik / Vadim ShekunOʻzbekiston fuqarosi pasporti
Oʻzbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Muammoning tub sabablaridan biri, Toshkentga boshqa shahardan kelin boʻlib kelgan ayollarni doimiy roʻyxatga olinmasligi boʻlmoqda. Ular eridan ajralgan hollarda oʻysiz-joysiz bolalari bilan koʻchada qolmoqda.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Shahar hokimiyati tashabbusi bilan oʻtkazilgan yigʻilishda, poytaxtda yuz berayotgan ajralishlar masalasiga jiddiy eʼtibor berildi, deb yozadi Qalampir nashri.

Statistika maʼlumotlariga koʻra, ushbu  yilning 9 oyi davomida turmush qurgan har 100 oiladan 32 nafari ajralish darajasiga yetib borgan. Toshkent shahri ushbu koʻrsatkich boʻyicha Respublikada oʻziga xos “rekord” oʻrnatgan.

“Qaynonalar va kelinlar oʻrtasidagi gap-soʻzlar, erta turmush, kattalarning yoshlar hayotiga aralashuvi, mahallaning oilalar turmushida oʻrni yoʻqligi va ularning hayoti bilan qiziqmasligi, kelinlarning “propiska”ga olinishi yuzasidan aniq normalarning yoʻlligi ajrimlarga asosiy sabab boʻlyapti”, — deb shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning soʻzlarini keltiradi nashr.

Undan tashqari ushbu sohaga aloqador boʻlgan prokuratura, sud, hokimliklar, FHDYolar va mahalla qoʻmitalari faoliyati ham keskin tanqid qilindi.

Yigʻilish yakunida shaharda “Oila munosabatlari muammolarini oʻrganish” boʻyida ichki guruh tashkil etilishi taklif qilindi. Ushbu ichki guruh oxirgi 10 yilda ajrashgan oilalar roʻyxatini tuzib, ularning bolalari voyaga yetguniga qadar kelinlik uyiga kiritib qoʻyishga va barcha qonuniy huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Nikohdan oʻtish marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent hokimi ajrashmoqchi boʻlgan er-xotinlar suratini televideniyeda koʻrsatmoqchi

Muammoning tub sabablaridan biri, Toshkentga  boshqa shahardan kelin boʻlib kelgan ayollarni doimiy roʻyxatga olinmasligi boʻlmoqda. Ular eridan ajralgan hollarda  oʻysiz-joysiz bolalari bilan koʻchada qolmoqda.

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning kelinlarni bir oy ichida roʻyxatga olish haqidagi yangi taklifi ushbu muammoni hal qilishga yordam berishi kerak.

Bundan buyon turmush qurgan kelinlarni doimiy roʻyxatga qoʻyish mahalla fuqarolar yigʻini raislari va Ichki ishlar xodimlariga zimmasiga yuklanadi

Eslatib oʻtamiz, oldinroq shahar hokimi Toshkent shahrida ajralishga qaror qilgan er-xotinlarning ismi-familiyasini televizor orqali eʼlon qilish haqida taklif kiritganini xabar bergan edik. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala