Jamiyat

Nega Rossiya jamoasi hijobda futbol oʻynadi?

© press-slujba Assotsiatsii mini-futbola RossiiRossiya va Eron jamoasi oʻyini
Rossiya va Eron jamoasi oʻyini - Sputnik Oʻzbekiston
Mini-futbol boʻyicha Rossiya ayollar terma jamoasi Eron urf-odatlarini hurmat qilgan holda hijobda maydonga tushdi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Hijob kiygan sportchi qizlar keng jamoatchilikni hayratga solmay qoʻyganiga ancha vaqt boʻldi, ayniqsa avgustda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan olimpiada oʻyinlaridan keyin, deb yozadi Sputnik Latviya.

Tehronda boʻlib oʻtgan Rossiya – Eron mini-futbol bahsida Rossiya jamosi futbolchilari hijobda maydonga chiqishdi. Eron Islom respublikasida qonunlariga binoan sport  oʻyinlarida ishtirok etayotgan ayollar faqat hijobda maydonga chiqishi kerak.

© press-slujba Assotsiatsii mini-futbola RossiiRossiya va Eron ayollar mini-futbol bahsi
Tovariщeskiy match po mini-futbolu sredi jenskix komand Rossii i Irana - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Eron ayollar mini-futbol bahsi

Rossiya ayollar mini-futbol terma jamoasi Eronda ikki oʻyin oʻtkazdi. Jamoalar kelishuviga koʻra, birinchi oʻyinda Rossiya jamoasi hijobsiz oʻynagan, ikkinchisida esa hijob kiygan. Birinchi oʻyin 3:3 xisoobida durang bilan yakunlandi. Ikkinchisi esa 5:3 hisobida, Rossiyaliklar gʻalabasi bilan yakunlangan.

Jamoa hijob kiymay oʻynaganda, stadionga hech qandar erkak kiritilmaydi. Tomoshabinlar, yorituvchilar, stadion ishchilari – barchasi faqat ayollar boʻlishi kerak.

“Biz albatta bunday shartlardan voz kechishimiz mumkin edi, lekin mini-futbolni rivojlantirish uchun bu salbiy natija boʻlar edi”, — deydi Rossiya mini-futbol assotsiatsiyasi matbuot kotibi Aleksandr Klimanov.  

Klimovning soʻzlariga qaraganda, jamoa qizlari birinchi bor 5 yil oldin hijobda maydonga chiqishgan, oʻshanda ularga kiyim issiqligi tufayli, ozroq noqulay boʻlgan ekan.

“Endi boʻlsa biz hijobda gʻalaba qozonmoqdamiz. Hijob kiyib oʻynalgan ikkinchi oʻyinda bizning jamoa 5:3 hisobida gʻalaba qozondi”, — deydi Klimanov.

Hamma sportchilar ham hijob kiyishga rozi emas. Masalan, asli Gurjistonlik boʻlgan amerikalik shaxmatchi qiz Nazi Paykidze-Barns, hijob kiyish shart boʻlgani tufayli, 2017 yili Eronda oʻtkazilishi kerak boʻlgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatiga boykot eʼlon qilgan. Uning fikriga koʻra, ushbu mamlakatda ayollar huquqlari buzilayotgan ekan. 

Lekin 22 yoshli Paykidze-Barns Xalqaro shaxmat federatsiyasidan qattiqqoʻl javob olgan: Eron –jahon chempionatini qabul qilishga istak bildirgan yagona mamlakat. Barcha mezbon mamlakatning qonunlarini, jumladan kiyimlarga boʻlgan talabini hurmat qilishi shart”, — deyilgan unda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala