Hodisalar

Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi boʻlgan tinch aholini oʻqqa tutdi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Fotobankka oʻtishAleppo shimolida Gumanitarnыy koridor
Aleppo shimolida Gumanitarnыy koridor - Sputnik Oʻzbekiston
"Nusra" terrorchilari Aleppoda gumanitar koridor orqali chiqmoqchi boʻlgan tinch aholini oʻqqa tutdi yaralanganlar bor.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik, Mixail Alayeddin. Terrorchilar Alepponing Bustan al-Kasr tumanida gumanitar koridordan chiqmoqchi boʻlgan tinch aholini  oʻqqa tutdi, yaralanganlar bor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri voqea joyidan.

Tongda Bustan al-Kasr yaqinidagi gumanitar koridorda oltita mina portladi va gumanitar koridor oxirida joylashgan nazorat punkti oʻqqa tutildi. Jangarilar gumanitar koridordan 200 metr masofada joylashib olishgan.

Aleppo aholisi gumanitar koridor orqali shaharni tark etmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi boʻlganlarni otib tashlash bilan qoʻrqitmoqda

Aleppo shimolida joylashgan gumanitar koridorda vaziyat tinch. Aholini evakuatsiya qilish hali boshlanmagan. Tez yordam mashinalari va avtobuslar evakuatsiya boshlashga tayor turibdi.

Biroz oldin “Jabhat an-Nusra” jangarilari aholiga, gumanitar koridordan oʻtish vaqti oʻqqa tutish bilan poʻpisa qilayotganini xabar bergan edik.

Eslatib oʻtamiz, Aleppoda 20 oktyabr kuni tong soat 08:00 dan gumanitar tanaffus eʼlon qilingan. Bu BMT va Qizil yarim oy jamiyatlariga tinch aholini, yaralanganlarni shahardan olib chiqish uchun sharoit yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala