Jamiyat

Toshkent-Navoiy yoʻnalishidagi yoʻlovchi samolyot shoshilinch ortga qaytishga majbur boʻldi

19 oktyabr kuni Toshkent aeroportidan Navoiyga reysni amalga oshirishi kerak boʻlgan IL-114 samolyoti zudlik bilan yana Toshkentga qaytib qoʻngan

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent-Navoiy aviareysi 19-oktyabr kuni texnik sabablarga koʻra vaqtincha toʻxtatilgan. Yoʻlovchilar belgilangan mazillariga faqatgina tushdan soʻng yetib borgan, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Toshkent aeroporti matbuot-xizmati vakili.

Aeroport vakilining xabariga muvofiq, Toshkent-Navoiy reysidagi samolyot belgilangan vaqt — 8:10da havoga koʻtarilgan, ammo tezda ortga qaytishga majbur boʻlgan. Yoʻlovchilarga ushbu holat texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga hech qanday zarar yetmagan.

15.22da layner takroran Toshkentga tomon uchgan va bu safar koʻzlangan manziliga yetib borgan.

Parvozi kechiktirilgan samolyot 15:50da Navoiy aeroportiga yetib borib, 18:00da qaytish reysini amalga oshirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala