Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Uchinchi jahon urushiga olib keluvchi sababni aytdi

© AFP / BULENT KILICMosul yaqinidagi janglar
Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya uchun Mosulning kelajagi xuddi Halab va Damashqning kelajagi kabi muhim ahamiyatga ega

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Iroqning Mosulini "Islom davlati" terrorchi guruhidan ozod qilish operatsiyasini uchinchi kuchlar tomonidan yangi urushga aylantirishga urinish global nizoga olib kelishi mumkin, dedi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush, RIA Novosti xabariga asosan.

Ilgariroq Anqara hududda mazhablararo to‘qnashuvlar kelib chiqishi mumkinligini bildirib Mosulni qo‘lga kiritish operatsiyasida shia ko‘ngillilarining ishtirok etishlariga qarshi chiqqan edi.

"Iroqning Mosulini "ID" terrorchilaridan ozod qilish operatsiyasini uchinchi kuchlar tomonidan yangi urushga aylantirishga urinish global nizoga, xususan Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin", — deya Anadolu agentligi bosh vazir o‘rinbosaridan iqtibos keltiradi.

Qurd kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Iroq harbiylari va qurd ko‘ngillilari Mosulni ozod qilishni boshladi

Qurtulmishning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya uchun Mosulning kelajagi xuddi Halab va Damashqning kelajagi kabi muhim ahamiyatga ega. "Qo‘shni davlatning aholisi bizning do‘stlarimiz, birodarlarimiz, qardoshlarimizdir. Biz hammamiz bir hududda yashaymiz. Turkiyaning qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan voqealarga qiziqish bildirishga to‘sqinlik qilishga hech kimning haqqi yo‘q", — dedi u.

U turk harbiylarining Bashika lagerida bo‘lishlariga qarshi chiqayotgan Iroq hukumatini yana bir bor tanqid qildi. "Bugun Iroq bosh vaziri Turkiyani tanqid qilishga urinmoqda. Biroq u avval bir savolga javob berishi lozim, nima uchun Iroqning kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi shahri birorta ham o‘q uzilmasdan terrorchilarga topshirib qo‘yildi? Nima uchun shuncha yil davomida Mosulni qutqarish rejasi tuzilmadi? Nima uchun AQSh va xalqaro hamjamiyat IDga qarshi kurashni jiddiy qabul qilmadi?" — dedi Kurtulmush.

17 oktabrga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiy Mosulni ID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi boshlanganligini ma’lum qildi. Iroq harbiylari va politsiya kuchlari, shuningdek kurd ko‘ngillilari AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aviatsiyasi ko‘magida Mosulga hujum boshladi.

Yangiliklar lentasi
0