Iqtisod

Oʻzbekistonga ukrainalik tadbirkorlar delegatsiyasi tashrif buyuradi

© Pixabay / antonin77Bitim tuzish
Bitim tuzish - Sputnik Oʻzbekiston
Tashrif davomida Ukraina va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. 23-26 oktyabr kunlari ICC Ukraine bosh kotibi Vladimir Mixaylov rahbarligidagi qator Ukraina sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda nuz.uz xabar berdi. 

Delegatsiya rahbari Vladimir Mixaylovning aytishicha, mazkur tashrif ICC Ukraine rahbariyatining Oʻzbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdualiyev bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvi natijasi boʻlib, uchrashuvda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion jozibadorligi keng shaklda namoyish etilgandi.

Tashrif davomida Ukraina va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish hamda ICC Ukraine va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi oʻrtasida hamkorlik haqida kelishuv tuzish rejalashtirilgan.

Yogʻochni qayta ishlash korxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda krasnoyarskliklar bir nechta qoʻshma korxona tashkil etish niyatida

Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish mexanizmlari va usullarini muhokama qiladilar, iqtisodiyotning muhim sohalari – qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish, neft-gaz, energetika, IT va telekommunikatsiyalar, tibbiy turizm, transport va logistika, mashinasozlik, aviasozlik, kimyo, qurilish, tibbiyot sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish mavzusi muhim oʻrin tutadi.

Ukraina delegatsiyasi Oʻzbekiston sanoatining turli sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish, ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmini oshirish, "Angren", "Jizzax" va "Navoiy" erkin-iqtisodiy zonalarida loyihalarni amalga oshirishda Ukraina va Oʻzbekiston kompaniyalari hamkorligini tashkil etishni maqsad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala