Jamiyat

Korruptsiyaga qarshi kurash tartibiga oid qonun birinchi oʻqishda maʼqullandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDollar
Dollar - Sputnik Oʻzbekiston
Qonun loyihasi muhim va oʻz vaqtida qabul qilinayotgan boʻlib, u korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni keng koʻlamda qonun yoʻli bilan tartibga solishga qaratilgan

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishdayoq qabul qildi, deb xabar qildi payshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti matbuot-xizmati.

Oliy Majlis binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Oliy Majlis parlamentiga korruptsiyaga qarshi qonunchilik loyihasini kiritdi
Deputatlar oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilgan "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qilishdan boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar qilishicha, qonun loyihasi muhim va oʻz vaqtida qabul qilinayotgan boʻlib, u korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni keng koʻlamda qonun yoʻli bilan tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalarida bunday holatga toʻliq barham berishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish orqali korruptsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murasasozlik muhitini yaratishga qaratilgandir.

Parlament quyi palatasi deputatlari oʻz ishlarini "Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qilish bilan davom ettirdi.

Oʻzbekiston Senati - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Deputatlar "Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasini koʻrib chiqadilar
Deputatlar qayd etganidek, qonun loyihasi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonalarning huquqiy maqomi, ularni qabul qilish, saqlash hamda ozod qilish tartibi, huquq va majburiyatlari, intizomiy jazo choralari hamda maʼmuriy qamoqni amalga oshirishga taalluqli boshqa qoidalarni nazarda tutadi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi hibsga olingan shaxslarning huquq va erkinliklari himoyasi kafolatlarini mustahkamlashga, maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashning yagona amaliyotini taʼminlashga, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini hamda ushbu tizim xodimlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Munozaralar yakunlariga koʻra, deputatlar ushbu qonun loyihalarini kontseptual jihatdan maʼqullab, birinchi oʻqishda qabul qilishdi.

Masʼul qoʻmitalarga kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda mazkur hujjatlarni ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlash vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala