O‘zbekiston Tojikistondan sement xarid qila boshladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSement zavodi
Sement zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Sanoat vazirligi ma’lumotlariga binoan, Tojikistonda ishlab chiqarilayotgan sement O‘zbekistonga eksport qilina boshlagan

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ilgarilari Tojikiston sementni faqat Afg‘oniston va Qirg‘izistonga sotar edi, endi esa bu mahalliy mahsulot O‘zbekistonga ham eksport qilina boshladi, deyiladi Tojikiston Sanoat vaziriligi axborotida. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Ishchi zavod mahsulotini namoyish qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyaliklar Qoraqalpog‘istonda sement zavodini ishga tushiradi
Xabarda aytilishicha, so‘nggi uch kvartal ichida Tojikistondan eksport qilinayotgan sement hajmi 162 000 tonnani tashkil qilgan. Tojikiston aytib o‘tilgan vaqt oralig‘ida Afg‘onistonga (96 ming tonna), Qirg‘izistonga (30 ming tonna) va O‘zbekistonga (35 ming tonna) sement eksport qilgan.

Bundan oldinlari Tojikiston sementni faqat Afg‘oniston va Qirg‘izistonga sotgan.

Xabarda aytilishicha, 2016-yilning 9 oyida Tojikistonda 1 million 508 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0