"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlariga Galaxy Note 7 olib chiqish taqiqlandi

© AP Photo / Lee Jin-manTelefon Samsung Galaxy Note 7
Telefon Samsung Galaxy Note 7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu taqiq parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Malayziya davlat avianazorati tomonidan kiritilgan

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi sayti Malayziyadan parvoz qiladigan yo‘lovchilariga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini olib chiqish taqiqlanganligi haqida ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu taqiq parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Malayziya davlat avianazorati tomonidan kiritilgan.

"Samsung Galaxy Note 7 markasidagi smartfonlar bilan yong‘in hodisalari yuz berganligi sababli ushbu taqiq joriy qilindi. Shu munosabat bilan yo‘lovchilar bu qurilmalarni o‘zlari bilan olib chiqishi, yukxonaga topshirishi yoki Malayziyadan parvoz qilayotgan samolyotlarda yuk sifatida jo‘natishi mumkin emas. Ushbu yo‘riqnomaga qat’iyan rioya qilishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Samsung kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlarni sotishni rejalashtirmoqda

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 sotuvga 19-avgustda chiqqan bo‘lib, sentabr boshida zarad qilish vaqtida yonib ketish haqidagi xabarlardan keyin jahon bozoridan 2,5 million dona shunday smartfonlar qaytarib olindi. Samsung bu smartfonlarni ishlab chiqarish, sotish va almashtirib berishni vaqtincha to‘xtatganligini ma’lum qildi. Ushbu qaror hukumatning tegishli organlari bilan maslahatlashuvlardan keyin qabul qilindi.

Bugundan "Ozarbayjon havo yo‘llari" (AZAL) YoAJda Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini samolyotga olib chiqish haqidagi taqiq kuchga kiradi.

Ilgariroq dunyoning qator aviatashuvchilari Samsung Galaxy Note 7ni samolyotga olib chiqishni taqiqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0