Jamiyat

Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev mamlakat imzolagan farmonga muvofiq 2017 yilning 1 aprelidan qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoning muqobil turlarini qoʻllash imkoniyati kengaytirilmoqda

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Prezident farmonini imzoladi.

Dollar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Korruptsiyaga qarshi kurash tartibiga oid qonun birinchi oʻqishda maʼqullandi
Unga muvofiq, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash, sud muhokamasini adolatli va oʻz vaqtida oʻtkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoning muqobil turlarini qoʻllash imkoniyati kengaytirilmoqda.

Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;

qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovning eng koʻp muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.

Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qoʻllash imkoniyati berilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala