O‘zbekistonga arzon aviareyslar qatnovi amalga oshiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tish"Ural aviayo‘llari" samolyoti
Ural aviayo‘llari samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi ochilgan Jukovskiy aeroportidan Toshkent, Samarqand va Namanganga muntazam reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Yaqinda Jukovskiy(Moskva viloyati)da yangi xalqaro aeroport ochildi, deb xabar qilmoqda Moskva agentligi.

Aeroportdan "Ural aviayo‘llari" Namangan, Samarqand va Toshkent aeroportlariga aviareyslarni amalga oshirishi xabar qilinmoqda.

"Jukovskiy aeroportidan, shuningdek, "Vim-Avia" Minsk shahriga, "Yamal" esa Vilnyusga aviatashuvlarni amalga oshiradi", — deyilgan xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, chiptalar arzon narxda sotiladi. Bir tomonga o‘rtacha 9 000 rubl atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0