Savchenko Poroshenkoga prezidentlik kursisini Yanukovichga bo‘shatib berishni maslahat berdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainalik deputat Nadejda Savchenko
Ukrainalik deputat Nadejda Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, ukrainalik deputat Berlinda bo‘lib o‘tgan "Normand to‘rtligi" uchrashuvi natijalaridan juda norozi bo‘lgan

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenkoga o‘z kreslosini davlatning sobiq rahbari Viktor Yanukovichga bo‘shatib berishni maslahat bergan. U bu haqda TSN kanalida "Pravo na vlast" (Hokimlik huquqi ma’nosida, tahr.) dasturida ma’lum qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Deputat Berlinda bo‘lib o‘tgan "Normand to‘rtligi" uchrashuvi yakuni bo‘yicha o‘z noroziligini bildirgan va Ukraina diplomatiyasini keskin tanqid qilgan.

"Bunday muzokaralardan so‘ng Petr Alekseyevich Viktor Fedorovichdan uzr so‘rashi hamda Yanukovich yana davlat rahbarligini egallashi uchun uni Ukrainaga taklif qilishi kerak", — deb ta’kidlagan Savchenko.

Savchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning hozirgi diplomatlari Yanukovich davridagi diplomatlarga nisbatan ancha bo‘sh.

Yangiliklar lentasi
0