Sport

Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro shaxmat turniri gʻolibi Shahriyor Mamedyorov boʻldi

© Ricardo630Shaxmatnыe figurы
Shaxmatnыe figurы - Sputnik Oʻzbekiston
Amir Temurning 680 yillik yubileyiga bagʻishlangan shaxmat turnirida Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina va Oʻzbekiston shaxmat yulduzlari ishtirok etdi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkentda xalqaro shaxmat turniri yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi.

Buyuk sarkarda Amir Temur yubileyiga bagʻishlangan shaxmat turniri mukofot fondi 50 ming dollarni tashkil qildi. Musobaqada Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina va Oʻzbekiston shaxmat yulduzlari ishtirok etdi.

Turnirda Ozarbayjonlik shaxmatchi Shahriyor Mamedyorov gʻolib chiqdi. U 12 oʻyinda 8 ochko toʻplab turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.

Isroillik Boris Gelfand 6 ochko toʻplab ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Oʻzbekistonlik Rustam Qosimjonov va Ukrainalik Ruslan Ponomarev 5 ochkodan toʻplab uchinchi oʻrinni egallashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala