Analitika

Benzin narxi oshishi sabab va natijalari - ekspert fikri

© Sputnik / Taras Litvinenko / Fotobankka oʻtishAYOQSH turgan avtomobil
AYOQSH turgan avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumatning ushbu qarorini narxlar keskin oʻsishi deb emas, benzin tanqisligi muammosini hal qilish tomoniga qoʻyilgan qadam deb qarash kerak.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 23 oktyabrdan boshlab benzin narxini 31 — 35 % ga oshirgani haqida xabar bergan edik. Sputnik muxbiri soha ekspertlaridan biri bilan muloqotda boʻldi.

Mutaxassis aytishiga qaraganda hukumatning bunday qaror qabul qilishiga narxlar keskin oʻsishi deb emas, benzin tanqisligi muammosini hal qilish tomoniga qoʻyilgan qadam deb qarash kerak.

"Hozir koʻpchillik benzin narxi oʻsgani haqida gapirayapti. Lekin bu yerda asosiysi narx oshishi emas, benzin narxini Toshkentda va boshqa viloyatlarda bir xil qilish. Axir uzoq vaqt davomida Toshkentda, benzin davlat tomonidan dotatsiya qilib oʻz tannarxidan arzon sotilayotgan edi. Bu holat turli olib-sotar uchun benzinni 2075 soʻmdan sotib olib viloyatlarda 3-5 mingdan sotishi uchun imkoniyat yaratar edi. Natajada Toshkentda benzin taqchil, viloyatlarda esa — qimmat edi" — deydi ekspert.

Ushbu qarorning asosiys maqsadi, respublika hududidagi barcha AYOQShlarda benzin narxini tenglashtirish. Oldin viloyatlarda tijorat narxda benzin sotayotgan AYOQShlar ham faoliyat yuritayotgan edi. Ular benzin narxini juda qimmat sotish hollari ham uchrab turardi.

Toshkentda sotilayotgan arzon benzin boʻlmaganidan keyin, tijorat narxda sotilayotgan benzinning — narxi tushadi.

"Bozordan arzon narxda sotilayotgan benzinning yoʻq qilinishi olib-sotarlar faoliyatiga chek qoʻyadi va birinchi navbatda viloyatlarda benzin tijorat narxini tushiradi. Bunday tizim, albatta, doimiy ravishda barcha hududlar yetarli miqdorda benzin bilan taʼminlangan holda yaxshi natija beradi. Ikkinchidan ushbu chora davlat byudjetidan Toshkentdagi arzon benzinni dotatsiya qilish uchun toʻlanayotgan ulkan xarajatlarni kamaytiradi. Ushbu mablagʻ bundan buyon yoʻllarni taʼmirlashga ishlatilishi mumkin",- deb hisoblaydi ekspert.  

Endi nima boʻladi?

Haydovchi benzin olmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzneftmahsulot" benzin tanqisligi haqidagi shov-shuvlarga oydinlik kiritdi

Mutaxassisning fikriga koʻra benzin narxi oshishi tufayli hali gaz oʻrnatmagan taksi avtomobillari yoppasiga gaz oʻrnatishga oʻtishi ham mumkin. Yangi gaz-ballon tizimi narxi 1,8 mln soʻm turadi. Ikkinchidan, taksi xizmatlari bozorini arzon va noqonuniy taksichilar tark eta boshlaydi. Natijada xaridorlar uchun taksi xizmatlari narxi biroz oshadi.

Transport xarajatlari narxi oshishi tufayli alohida mahsulot va xizmatlar narxi ham oshishi mumkin. Turli sohalarda ishlayotgan kichik korxonalar oʻz avtomobillarini gazga oʻtkazmaganligi sababi bilan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala