Jamiyat

Mixail Zadornov kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Fotobankka oʻtishHajviyachi Mixail Zadornov
Hajviyachi Mixail Zadornov - Sputnik Oʻzbekiston
Mashhur hajviyachi kontsert vaqtida oʻzini yomon his qilib qolgan va Moskva kasalxonalaridan biriga yotqizilgan.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Mashhur hajviyachi Mixail Zadornov Moskvada kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, "Tez yordam" xabariga asosan.

Shifokorlar aytishiga koʻra, Zadornovga 22 oktyabr kuni tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va kasalxonaga yotqizilgan. Artist aynan qaysi kasalxonaga, kanday dard bilan yotqizilgani aniqlashtirilmagan.

Oktyabr boshida Zadornov oʻzining VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Yangi yilga qadar belgilangan bir necha kontsertini, sogʻligi yomonlashgani tufayli, bekor qilishga majbur boʻlganini xabar qilgan edi.

Mixail Zadornov — hajviy yozuvchi, yumorist va akter. Zadornov, koʻpincha, Rossiya hayot tarzi va urf-odatlarni Gʻarb hayoti bilan solishtirish, AQSH hayot tarzini hajviya qilish kabi mavzularda monologlar oʻqiydi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala