Internetda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi tanlanadi

© AFP 2023 / KARIM JAAFARO‘zbekiston futbolchilari
O‘zbekiston futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘olib futbolchilar nomi yanvar oyi boshida e’lon qilinadi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiyaning Sports.ru saytida O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisini tanlash uchun ovoz berish boshlandi, unda mazkur saytda ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar qatnashishlari mumkin.

Ovoz berish uch bosqichda o‘tkaziladi. 31-oktabrga qadar saytda nomi keltirilgan 50 futbolchidan uch nafarini tanlash lozim. Ushbu bosqich yakunlariga asosan 1-noyabrda eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 nafar futbolchi tanlab olinadi va bir oy davomida foydalanuvchilar ular orasidan eng yaxshi deb hisoblagan uch nafar futbolchini tanlashadi.

O‘zbekiston-Xitoy o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyni mag‘lub etdi

Eng ko‘p ovoz olganlar orasidan eng yaxshi uch nafar futbolchini tanlashda O‘zbekiston futboliga ixtisoslashgan xorij sport OAV ekspertlari, Sports.ru tahririyati hamda "Uzbekskaya kuxnya" blogi a’zolari ham ishtirok etishadi.

G‘olib futbolchilar nomi yanvar oyi boshida e’lon qilinadi.

O‘tgan safargi ovoz berishda terma jamoa sardori Odil Ahmedov Vitaliy Denisov va Sardor Rashidovlarni ortda qoldirib g‘olib bo‘lgandi. Bu safargi kengaytirilgan ro‘yxatdan Osiyoning kelajagi porloq futbolchilaridan biri deb hisoblanayotgan terma jamoaning yosh o‘yinchisi Eldor Shomurodov ham joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0