Dunyoda

Rossiya AQSH sanktsiyalariga oʻziga xos javob tayyorladi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishMoskva
Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Putin Moskvaga sanktsiya qoʻllash bilan Ukraina va Suriyadagi muammolarni yechib boʻlmasligini bildirdi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Moskva AQSH sanktsiyalariga nosimmetrik javob sifatida qator "choralar turkumi"ni tayyorlab qoʻydi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkovga asoslanib.

"AQShning Rossiyaga nisbatan sanktsion siyosati uzoq vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Biz ushbu davrdan maʼlum bir tadqiqot ishini oʻtkazish va nosimmetrik tartibda foydalanilishi mumkin boʻlgan turkum choralarni tayyorlash uchun foydalandik", — dedi u Federatsiya kengashida soʻzga chiqib.

Oq uy, Vashington - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirish taraddudida

Ilgariroq Oq Uy vakili AQSH yevropalik hamkorlari bilan Rossiyaning Suriyadagi harakatlariga qanday qarshilik qilish, shuningdek yangi sanktsiyalar joriy etish masalasini muhokama qilayotganini maʼlum qilgandi.

Gʻarb Moskva va Damashqni tinch aholi hamda qurolli muxolifatchilarga qarshi hujumlarda ayblamoqda. Suriya va Rossiya esa faqatgina terrorchilarni oʻqqa tutayotganini bildirib, Vashingtonni "oppozitsiya"ni ekstremistlardan ajrata olmaslikda aybladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga sanktsiya qoʻllash bilan Ukraina va Suriyadagi muammolarni yechib boʻlmasligini, bu shunchaki Rossiyani va uning rivojlanishini toʻxtatish siyosati ekanligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala