Iqtisod

"Oʻzbekiston pochtasi"ga xorijiy investorning keragi yoʻq

Kompaniyaga nisbatan ustav kapitalining kamida 15%ini xorijiy investitsiya tashkil etishi lozimligi haqidagi talab tatbiq etilmaydi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, "Oʻzbekiston pochtasi" aktsiyadorlik jamiyati narxi meʼyorlashtirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlar koʻrsatuvchi tabiiy monopoliya subʼyektlari roʻyxatiga kiritildi, deb xabar beradi Nuz.uz. Kompaniyaga nisbatan ustav kapitalining kamida 15%ini xorijiy investitsiya tashkil etishi lozimligi haqidagi talab tatbiq etilmaydi.

YHQ buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish majmuasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoʻl harakati qoidalarini buzuvchilarga jarima xati pochta orqali yuboriladi

"Oʻzbekiston pochtasi" 14 mintaqaviy filial, 177 tuman va shahar tarmoqlari hamda 2987 pochta aloqa boʻlimlaridan iborat. 1994 yil fevralida kompaniya Butunjahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻlgan va uning faoliyati ushbu ittifoqqa aʼzo davlatlar hududida xalqaro pochtani qabul qilish hamda yetkazib berish boʻyicha amaldagi xalqaro talab va qoidalar asosida shakllana boshladi.

Ayni paytda "Oʻzbekiston pochtasi" butun mamlakat hududida milliy operator sifatida universal xizmat koʻrsatmoqda va shu bilan birga Butunjahon pochta ittifoqining 100dan ortiq aʼzo mamlakatlari bilan xalqaro pochta almashinuvini amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala