Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Toshkentga safar qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishAleksandr Morozov
Aleksandr Morozov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya delegatsiyasi X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi bilan ham tanishdi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksandr Morozov ishchi tashrifi bilan Toshkentda bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Delegatsiya tarkibi Rossiyadagi transport, qishloq xo‘jaligi va maxsus mashinasozlik korxonalari: KamAZ, "Rostselmash" kombayn zavodi, "Rosagromash" assotsiatsiyasi, Rubsovsk ehtiyot qismlar zavodi, Noginsk yonilg‘i uskunalari zavodi, "Kominvest-AKMT" va "Pegas-Agro" kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida Rossiya delegatsiyasi X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi bilan ham tanishdi. Yarmarkaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov ishtirok etdi va o‘z chiqishida Rossiya delegatsiyasining mazkur tadbirga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Yog‘ochni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda krasnoyarskliklar bir nechta qo‘shma korxona tashkil etish niyatida

Bundan tashqari, Aleksandr Morozov dvigatel ishlab chiqaruvchi GMPT Uzbekistan zavodi hamda qishloq xo‘jalik texnikasini tayyorlovchi UZ CLAAS Agro qo‘shma korxonasida ham bo‘ldi.

O‘zbekistonga tashrif doirasida respublika Bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv samarali va ishonchli ruhda o‘tdi. Tomonlar temir yo‘l mashinasozligi sohasida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish hamda O‘zbekistondagi non ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilishda Rossiya kompaniyalarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlash borasida bir fikrga keldilar. Tomonlar respublikada hamkorlikda o‘rim-yig‘im kombaynlari ishlab chiqarish imkoniyatini batafsil o‘rganib chiqish borasida kelishib oldilar (Rossiya tomonidan "Rostselmash" zavodi loyiha hamkori sifatida ishtirok etadi).

Yangiliklar lentasi
0