Toshkent viloyatida marshrutka yonib ketdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishYong‘in
Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa kecha 18.00da Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida, Yangiyo‘l-Toshkent trassasida yuz berdi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Facebook tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari yo‘lovchi marshrut taksisining yonayotganligi tasvirlangan videorolikni joyladilar.

Foydalanuvchilarning aytishlaricha, voqea kecha 18.00da Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida, Yangiyo‘l-Toshkent trassasida sodir bo‘lgan.

Istana rusumli marshrut taksini to‘laligicha alanga qoplagan. Yong‘inni o‘chirish uchun ikkita o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelgan.

© Facebook/Voditeli TashkentaToshkent viloyatida marshrutka yonib ketdi
Toshkent viloyatida marshrutka yonib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida marshrutka yonib ketdi
Yangiliklar lentasi
0