"O‘zbek mo‘’jizasi" yoki kichik biznesning katta ishlari

© Pixabay / antonin77Biznes
Biznes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston mamlakatda xususiy tadbirkorlik qanday rivojlanayotgani va respublikada xorijning kichik kompaniyalari filiallari qanday sharoitlarda ishlayotganligiga nazar soldi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat sarhisob qilindi. Respublikada YaIM 7,8%ga, sanoat ishlab chiqarishi hajmi ham shunchaga o‘sdi, budjet profitsiti esa 0,1% deb baholandi.

Mamlakat iqtisodiyotida asosiy o‘rinni rivojlanishiga davlat darajasida e’tibor qaratilayotgan o‘rta va kichik biznes egallamoqda. Sputnik O‘zbekiston iqtisodiyotning ushbu sektori qay darajada rivojlanganligi va respublikada xorij kompaniyalari va xususiy tadbirkorlar o‘zlarini qanday his etayotganliklarini tahlil qildi.

O‘tgan chorak asr davomida O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini qayta qurishga erishdi: sanoatning yangi tarmog‘i — avtomobilsozlik paydo bo‘ldi, tekstil sanoati rivojlanmoqda — respublika nafaqat paxta, balki tekstil mahsulotlarini ham eksport qilmoqda. Xususiy tadbirkorlik ham taraqqiy topmoqda: bugungi kunda O‘zbekistonda 215 mingdan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi ulushi 27,8%dan 98,4%gachani tashkil etadi.

Sarmoya va biznes - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiyot vaziri: Kichik biznes O‘zbekiston iqtisodida hal qiluvchi rol uynaydi

Atigi 15-yil oldin ko‘rsatkichlar anchagina kamtarona edi. Masalan, qishloq xo‘jaligida xususiy tadbirkorlarning ishlab chiqarish hajmidagi ulushi atigi 73%ni tashkil etardi, hozir esa bu ko‘rsatkich 98,4%ga yetgan. Yo‘lovchi tashish (30%dan 87,3%gacha), yuk tashish (6,7%dan 53,7%gacha), qurilish (38,4%dan 66,7%gacha) va sanoat (12,9%dan 66,7%gacha) sohalarida xususiy biznes ulushi sezilarli ravishda o‘sdi. Eksportda ham kichik biznesning roli oshib bormoqda — agar 2000-yilda eksportning atigi 10,2%i kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 27,8%ga teng bo‘ldi. Mamlakatdagi 80%dan ortiq ish o‘rinlari nodavlat sektori tomonidan tashkil etilmoqda.

Yirik iqtisodiy loyihalar ham o‘z samarasini bermoqda. 2016-yil oktabrida Foreign Direct Investment Intelligence "Navoiy" erkin iqtisodiy sanoat zonasini butun Markaziy Osiyoda eng yaxshisi deb topdi.

Lekin barcha muammolar ham hal etilmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda respublikada ishsizlik darajasi 5,2%ni tashkil etgan, mehnatga layoqatli aholining deyarli uchdan bir qismi esa boshqa davlatlarda mehnat qilmoqda. Bu muammolarni siyosat hal qilishi lozim.

Statistika va haqiqat

O‘zbek iqtisodiyoti hududda yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etmoqda, yillik YaIM o‘sishi esa keyingi bir necha yildan buyon o‘rtacha 7-8%ga teng bo‘lmoqda. Shuningdek, rasmiy hukumat ham sanoat ishlab chiqarishi hajmining oshgani, turmush darajasining o‘sgani va mamlakatda iqtisodiy iqlim sharoiti yaxshilangani haqida ma’lum qilmoqda.

Shu bilan birga, RFA iqtisodiyot institutining sovetlardan keyingi davr tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Aza Migranyanning fikricha, O‘zbekistonda kichik biznesning o‘sishi borasidagi haqiqiy vaziyatni baholash murakkab.

Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura 9350 tadbirkor huquqlarini tikladi

"Statistikaga ishonish juda qiyin. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib faqatgina respublikadagi biznesning umumiy o‘sishi haqida gapirish mumkin. Keyingi uch yilda hukumat kichik biznes rivojini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, lekin raqamlarni tasdiqlash va nazorat qilish murakkab ish", — deydi ekspert.

Lekin, deb e’tirof etadi ekspert, mamlakatda kichik biznes rivojlanmoqda, bu birinchi navbatda davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlari va qonunchilikning liberallashtirishi samarasidir.

"Davlat dehqon xo‘jaliklarini mustahkamladi va ularni tadbirkorlik yo‘liga boshladi. Ma’lum bir liberallashtirish ishlari amalga oshirildi. Davlat ishlashga imkon bergan sohalarda kichik biznesning rivojlanishi kuzatilmoqda. Keyingi paytda kichik biznes eksport yo‘nalishiga ham kirib keldi va bu eksportda xususiy korxonalarning hissasi oshishiga olib keldi", — deydi Mirzanyan.

Hech qanday vositachilarsiz

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan xorij korxonalari soni ham oshib bormoqda, bunda nafaqat kompaniyalarning filiallari, balki kichik firmalar ham qatnashmoqda. O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etgan TenderPro kompaniyasi direktori Oleg Umrixin o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda kompaniya ochish Rossiyadagidan ko‘ra qiyin emas.

"Bu Rossiyadagi kabi ko‘p vaqtni olmaydi, filialni ochishda hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmadi. Kompaniyamizning O‘zbekistonda ishlash sharoitlari ham juda qulay. Bizda shaffof va oq buxgalteriya yo‘lga qo‘yilgan, o‘tgan to‘rt yil davomida biror marta ham soliq tekshiruvi bo‘lmadi", — dedi biznesmen.

Ayni vaqtda, dedi Umrixin, mamlakat yanada ochiqlashib bormoqda, davlat soliq imtiyozlari evaziga investorlarni faol jalb etmoqda. Katta mablag‘ni investitsiya qiladigan yirik kompaniyalar foydali sharoitlarga ega bo‘lishlari mumkin.

O‘zbekistondagi yana bir ahamiyatli narsa deb rossiyalik biznesmen amaldorlarning muzokaralar uchun ochiq ekanligini bildirdi.

"Davlat organlari bilan hamkorlik — ehtimol bizga omad kulib boqqandir, judayam do‘stona. Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot yoki Moliya vazirligidagi yuqori mansabli amaldor bilan aloqaga chiqish, yengil sanoat vaziri bilan uchrashish mumkin. Rossiya bilan solishtirganda, bu yerda muloqot uchun bosib o‘tiladigan pog‘onalar kamroq va yuqoridagi amaldorlar senga yaqinroq", — deb xulosa qildi Umrixin.

Foydalanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar uchun yangi interaktiv xizmat joriy etdi

"Opori Rossii" butunrossiya kichik va o‘rta tadbirkorlik jamoat tashkilotining ekspert-analitika faoliyati bo‘yicha birinchi vitse-prezidenti Vladislav Korochkin global raqobat sharoitlarida yashab qolish uchun MDH davlatlariga kichik biznesning rivojlanishi juda muhim ekanligini e’tirof etdi.

"Ma’nosiga ko‘ra, kichik biznes iqtisodiy jihatdan davlatga qarab qolmagan ko‘p sonli iqtisodiy subyektlar uchun ulkan quvvatdir", — dedi ekspert.
Shu bilan birga u "an’anaviy" va "ilg‘or" kichik biznesni farqlash lozimligini aytdi.

"An’anaviy kichik biznes — har qanday iqtisodiy buhronlarda ham yashab qolish imkoniyatini beruvchi, har qanday jamiyatdagi iqtisodiy barqarorlikning poydevoridir. Ilg‘or biznes esa — yangi mahsulot va texnologiyalarni harakatga keltiruvchi kuchni paydo qiladi. Intellektual mahsulotlarni eksport qilish mamlakatning ustunligini va uning jahon maydonidagi o‘rnini ta’minlab beradi", — deb qo‘shib qo‘ydi Korochkin.

Ekspertning fikricha, ma’muriy resurslardan foydalanmaydigan, raqobatbardosh, mustaqil xo‘jalik subyektlarining yetarlicha miqdorda yaratilishi bugungi kunda uzoqni ko‘zlab ish olib boradigan hukumatlarning strategik vazifasi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0