Yaqin 8-yilda energetika sohasiga 94 mlrd $ sarmoya kerak

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishGRES
GRES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo Taraqqiyot banki tadqiqotiga ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetika tizimiga 2017 - 2023-yillar ichida ulkan sarmoyalar kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasini rivojlantirishi uchun 2017 — 2023-yillarda 94 mlrd sarmoya kerak bo‘ladi, bu haqida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) xabar qilmoqda.  

"OTB tomonidan Islomoboddagi iqtisodiy forumda taqdim etilgan tadqiqotlariga ko‘ra,  markaziy Osiyo mamlakatlari 2017-2023 yillarda energetika sohasini rivojlantirish uchun 94 mlrd $ sarmoya kerak bo‘ladi", — deyilgan xabarda.

Islomobodda 24-oktabr kuni Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi (MOHIH) doirasida Energetika sarmoyalar forumi bo‘lib o‘tgan edi.

OTB ma’lumotlariga ko‘ra, bu O‘rta Osiyoenergetika sektorida o‘tkazilgan keng ko‘lamli izlanishlarning birinchisidir.

"Energetika nafaqat MOHIH mamlakatlari balkim butun Osiyo va Tinch okeani hududi uchun  barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir", — dedi OTB vitse-prezidenti Chjan Vensay.

MOHIH dasturiga Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi. Uning faoliyatini oltita yirik moliya institutlari qo‘llab-quvvatlab turadi. Ular orasida Jahon banki,  Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo Taraqqiyot banklari bor. OTB MOHIH kotibiyati vazifasini ham bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0