Qirg‘iziston parlamenti tarqatib yuborildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston parlamenti
Qirg‘iziston parlamenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste’fosi haqidagi farmonga imzo chekdi

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste’fosi haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati. Ilgariroq parlament spikeri ko‘pchilik koalitsiyasining tarqatib yuborilishi haqida rasman ma’lum qilgandi.

Xabarda aytilishicha, respublika vazirlar mahkamasining iste’fosi to‘rtta deputatlik fraksiyalari o‘rtasidagi kelishuv asosida shakllangan parlament koalitsiyasi maqomining yo‘qotilishi haqida rasman e’lon qilingani bois qabul qilingan.

"2015 yil 2-noyabrda Qirg‘iziston Jogorku keneshida SDPK, "Kirgizstan", "Onuguu-Progress", "Ata Meken" fraksiyalari o‘rtasidagi koalitsion kelishuv asosida shakllangan Qirg‘iziston respublikasi hukumati iste’foga chiqarildi deb hisoblansin", — deyiladi xabarda.

Farmonga muvofiq, bosh vazir, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari hamda ma’muriy tizimlar rahbari lavozimlarida ishlagan shaxslarga hukumatning yangi tarkibi a’zolari va ma’muriy tizimlarning rahbarlari tayinlanguniga qadar ular o‘z vazifalarini davom ettirib turishlari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0