Do‘stona javob tashrifi: O‘zbekiston delegatsiyasi O‘sh shahrida

© Pravitelstvo KRV Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan
V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi vakillar delegatsiyasi chorshanba kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashadilar, drama teatrida spektakl tomosha qilishadi hamda talabalar bilan uchrashishadi. Bu haqda respublika hukumati saytida ma’lum qilingan.

© Pravitelstvo KRO‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga keldi
V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga keldi
"Bugun Qirg‘iziston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad do‘stona, qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan iborat", — deb xabar berdi matbuot xizmati. O‘zbek delegatsiyasi tarkibi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari rahbarlari, davlat organlari, madaniyat, sport va diniy soha vakillaridan iborat.

© Pravitelstvo KRO‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish
V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish

Mehmonlarni qirg‘iz zaminida respublika bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abulgaziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari hamda jamoat va madaniyat arboblari kutib oldilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari vakillari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari memorandum imzoladilar

"Delegatsiya O‘sh shahri markaziy maydonidagi madaniy bayram tadbiriga tashrif buyuradi va Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashadi. Bobur nomidagi drama teatrida "Semetey Manas o‘g‘li" teatrlashtirilgan dasturini tomosha qiladilar. Shu bilan birga o‘zbek delegatsiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishadi, O‘sh davlat universitetida talabalar bilan uchrashadi. Tashrif nihoyasida delegatsiya vakillari "Sulayman-Too" tarixiy etnografik majmuasiga safar uyushtiradilar", — deyiladi hukumat xabarida.

© Pravitelstvo KRO‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish
V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillari do‘stona tashrif bilan Andijon shahriga kelgandi.

Yangiliklar lentasi
0