Soslan Tigiyev Olimpiada medalidan mahrum qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya xodimi
Laboratoriya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik kurashchi, 2008-yil Pekin Olimpiadasi medalisti Soslan Tigiyev o‘tkazilgan doping nazoratidan keyin olimpiada medalidan mahrum qilindi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Erkin kurash bo‘yicha 2008-yil Pekin Olimpiadasi kumush medali sovrindori O‘zbekistonlik sportchi Soslan Tigiyev va yana besh medalistlar mukofotlaridan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda R-Sport.

Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi takroran o‘tkazgan doping nazoratida Ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka, Qozog‘istonlik kurashchi Taymuraz Tigiyev, Rossiyalik yuguruvchi Yekaterina Volkova va Belorussiyalik og‘ir atletikachilar Andrey Ribakov hamda Anastasiya Novikovalarning analizidan ta’qiqlangan moddalar topilgan va ular o‘z medallaridan mahrum qilingan.

XOK tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda medal olmagan sportchilar — Ozarbayjonlik Sardar Gasanov va Kubalik Vilfredo Martines hamda Ispaniyalik Jozefin Onilarning analizidan doping topilgan.

Yangiliklar lentasi
0