Putin: Amerika - buyuk davlat, allaqanday banan mamlakati emas

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Odamlarning e’tiborini rossiyalik xakerlar, josuslar, agentlar va boshqalarga qaratish juda oson-da", — dedi Putin

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShdagi saylov jarayonlariga ta’sir o‘tkaza olmasligini, AQSh "banan mamlakati" emas, buyuk davlat ekanligini aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Nahotki biror kishi Rossiya Amerika xalqining tanloviga ta’sir o‘tkaza olishi mumkin deb o‘ylasa? Amerika nima, allaqanday banan mamlakatimi? Amerika — bu buyuk davlat", —dedi  Putin Sochidagi "Valday" munozaralar klubidagi chiqishi chog‘ida.

"Odamlarning e’tiborini rossiyalik xakerlar, josuslar, agentlar va boshqalarga qaratish juda oson-da", — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0