Toshkentda haydovchi dahshatli avtohalokatda omon qoldi

© Boris KimAvariya
Avariya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil butkul majaqlanib ketgan va uni qayti tiklashning iloji yo‘q

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Toshkent-Yangiyo‘l trassasida katta tezlikda simog‘ochga kelib urilgan avtomobil haqidagi yangilikni qizg‘in muhokama qilishmoqda.

© Boris KimAvtohalokat
Avtohalokat - Sputnik O‘zbekiston
Avtohalokat

Zarba shu darajada kuchli bo‘lganki, simog‘och mashinaning old o‘rindig‘igacha kirib ketgan. Haydovchi mo‘’jizaviy ravishda omon qolgan.

Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" sahifasida halokatga uchragan "Spark" avtomobilining suratlari joylashtirildi.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi yirik YHT - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda avtobus va yengil mashina to‘qnashuvi oqibatida bir inson halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Spark" haydovchisi rulda uxlab qolgan va mashina katta tezlikda simog‘ochga kelib urilgan. Avtomobil butkul majaqlanib ketgan va uni qayti tiklashning iloji yo‘q.

Foydalanuvchilar qoldirgan izohlarda mazkur trassada tezlik tartibiga hech kim rioya qilmasligi aytiladi. Yana kimdir esa avtomobilga achinib: "Bizda odamlar mashina sotib olish uchun yillab pul to‘plashadi, keyin esa mana bunday holatga keltirgani mashinani olish uchun yana bir yil kutishadi" deb yozadi.

Yangiliklar lentasi
0