O‘zbekiston MDH ijodiy va ilmiy ziyolilar forumida qatnashmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBishkek
Bishkek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjumanning asosiy mavzusi "Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 25-yilligi. Gumanitar hamkorlik istiqbollari" deb nomlanadi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston fan, madaniyat va ta’lim arboblari 27-28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilarining XI forumida ishtirok etish uchun Bishkekka yetib kelishdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur anjumanning asosiy mavzusi "Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 25-yilligi. Gumanitar hamkorlik istiqbollari" deb nomlanadi.

SeliAs forumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek yoshlari Astraxandagi xalqaro forumda ishtirok etdi

Delegatlar MDH hududida madaniy aloqalarni rivojlantirish, butun Hamdo‘stlik makonida ta’lim tizimining sifati va ochiqligi, Yevrosiyo integratsiyasida yoshlarning roli hamda turizmning integratsiya jarayonini tezlashtirishdagi o‘rni borasida muzokaralar olib borishadi.

Bundan tashqari, forum doirasida "Debutlar hamkorligi" xalqaro yoshlar festivali g‘oliblarini mukofotlash marosimi va MDHning 2017-yildagi Madaniyat poytaxti Ozarbayjonning Ganja shahri taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Forum Hamdo‘stlik mamlakatlari ilmiy va ijodiy ziyolilarining hamkorlikdagi ishlari natijasi aks etgan yakuniy rezolyutsiyani qabul qilish bilan nihoyasiga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0