Istiqlol g‘unchalari tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi

© kasaba.uzIstiqlol g‘unchalari ko‘rik tanlovi
Istiqlol g‘unchalari ko‘rik tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tanlov yosh avlodni san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlik, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash uchun tashkil qilingan.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan, an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Istiqlol g‘unchalari" ko‘rik-tanlovining Respublika mintaqaviy bocqichlari nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda O‘KUF Kengashi Matbuot xizmati.

"Ma’lumki, ushbu tanlov yosh avlodni san’atga jalb etish orqali ularda Vatanga muhabbat, millatlararo do‘stlik, milliy va madaniy an’analarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, estetik didni shakllantirish, shuningdek, yosh iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan", — deyilgan xabarda.

Ushbu ko‘rik tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning dastlabki bosqichida 7800 nafa 7-16 yoshli o‘quvchilar ishtirok etdi. Ikkinchi hududiy bosqichda esa 1700 nafar iqtidorli san’atsevar bolalar an’anaviy ijrochilik, estrada qo‘shiqchiligi, yakka va ansambl cholg‘u ijrochiligi, yakka va jamoa raqsi ijrochiligi yo‘nalishlarida o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.

To‘rt hudud — Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikalari bo‘yicha yakuniy bosqich 26-oktabrda bo‘lib o‘tdi. Undan oldingi bosqichlarda g‘olib chiqqan 300 nafar bola ishtirok etishdi.

G‘olib va sovrindor bolajonlar kasaba uyushmalarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yangiliklar lentasi
0