"Voditeli Namangana" 911 xizmatini ishga tushirdi

© Stringer"Jiguli" avtomobillari
Jiguli avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murakkab vaziyatga tushib qolgan haydovchilarga, guruh orasida tarqatilgan xabarga asosan, yordam tezda yetib keladi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli namangana" (Namangan haydovchilari) guruhi yo‘lda tezkor yordam ko‘rsatish xizmatini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz portali.  

Agar avtomobil texnik nosozlik tufayli yo‘lda to‘xtab qolsa, ushbu haydovchiga guruhdagi boshqalar yordamgga kelishi mumkin.

"Yordam kerak bo‘lgan haydovchi +99898-1000-911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib o‘z raqami, turgan manzili va nosozlik sababini xabar berishi kerak. Guruh operatori uning xabarini darhol Telegram tarmog‘ida orqali tarqatadi", — deydi ijtimoiy guruh administratori Maksim Semayev.

Shuningdek ijtimoiy guruh a’zolari texnik nosozlikdan boshqa turli murakkab vaziyatga tushib qolgan haydovchilarga ham yordam berishi mumkin.

Semayev aytishiga qaraganda "ularning har tomonlama ko‘magi haydovchilarni murakkab vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashga tayor".

Ushbu xizmat bepul bo‘lib, u Namanganda har kuni soat 8:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash xizmatlar dunyoning turli mamlakatlarida tashkil qilingan, jumladan Toshkentdagi  "Voditeli Tashkenta" ijtimoiy guruhida ham.

Yangiliklar lentasi
0