O‘zbekistonning 2017-yilgi Davlat budjeti qabul qilindi

Oliy Majlis
Oliy Majlis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Budjet iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish hisobidan yuqori iqtisodiy sur’atlarni ta’minlash vazifasini nazarda tutadi

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Budjetnomasi – Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqdilar, deyiladi Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabarida.

Xabarda bildirilishicha, kelgusi yil soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi soliq yukini yanada kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini yanada oshirishni, budjet mablag‘larini samarali rejalashtirishga, ulardan foydalanishning natijadorligini oshirishga hamda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

2017 yilgi Davlat budjeti loyihasi soliq va budjet siyosatida qabul qilingan asosiy yo‘nalishlar va kelgusi yilda kutilayotgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tayangan holda, yalpi ichki mahsulot — 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari — 6,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish — 6,2 foizga va kapital qo‘yilmalar — 9,6 foizga o‘sish mo‘ljallanmoqda.

Kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyotiga soliq yukini yalpi ichki mahsulotga nisbatan joriy yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
2017 yilda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida kelgusi yilda amal qilish muddati tugayotgan soliq imtiyozlarining muddatini uzaytirish taklif etilmoqda. 

2017 yilgi Davlat budjeti loyihasida madaniyat muassasalarini saqlash va sport tadbirlarini o‘tkazish xarajatlarining hajmi joriy yilga nisbatan 16,7 foizga oshirilganligi, bunda respublikaning tarixiy-me’moriy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini ehtiyotlab saqlashni ta’minlash, shuningdek, yanada ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, mamlakatimizdagi madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 25,8 mlrd. so‘m, ya’ni joriy yilga nisbatan 1,17 marta ko‘p mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining majlisida qator masalalar ko‘rildi

Kelgusi yilda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi to‘lovlari, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirilishining izchil davom ettirilishi aholi turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladi. Undan tashqari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘quv yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi takliflar, ta’lim muassasalarida pedagogik ish yuklamasining kamayishi hisobiga amalga oshirilayotganligi o‘qitish jarayoni samarasini ta’minlash bilan birga o‘qituvchilarning ish vaqtidan oqilona foydalanishiga imkon yaratadi.

Davlat budjetining umumiy xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan xarajatlar 2000-yilda 42,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda kutilayotgan 59,5 foizdan, 2017-yilda 59,7 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan va moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga va bolali oilalarga beriladigan nafaqalar uchun ajratilgan xarajatlar 2017-yilda qariyb 2,6 trln.so‘mdan ortiq miqdorda, ya’ni 2008-yilga nisbatan 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Davlat budjetining daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalarisiz) 2017-yilda 44,5 trln. so‘m miqdorida, Davlatning maqsadli jamg‘armalari daromadlari 25,6 trln. so‘m miqdorida mo‘ljallangan.

2017 yilgi Davlat budjeti xarajatlari 46,9 trln. so‘m miqdorida, Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 25,6 trln. so‘m miqdorida mo‘ljallangan.
Davlat budjeti parametrlarida (Davlat maqsadli jamg‘armalarisiz) rejalashtirilgan xarajatlar kutilayotgan daromadlardan 2,5 trln. so‘mga ko‘p, ya’ni taqchillik yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,0 foizni tashkil etadi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0