Jamiyat

Mirobod tumani hokimiga hayfsan berildi va bir mansabdor ishdan boʻshatildi

© Sputnik / StringerVirtual qabulxona sayti
Virtual qabulxona sayti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Murojaatlarni koʻrib chiqilayotganda sansalorliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan choralar toʻgʻrisida respublika Bosh prokurori axborot berdi

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Toshkent shahar Mirobod tumani hokimiga haysan eʼlon qilindi, yana bir mansabdor esa ishdan boʻshatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

"Toshkent shahar Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro YE.Karavaykinadan issiqlik quvvati bilan taʼminlash masalasida kelib tushgan murojaatni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Mirobod tumani hokimi (Kadirov)ga hayfsan eʼlon qilindi va "Toshissiqlikquvvati" ishlab chiqarish birlashmasi Mirobod tumani filiali rahbari (Muxammedov) egallab turgan lavozimidan ozod etildi", deyiladi sahifadagi xabarda.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyovning virtual qabulxonasi shu yilning 24 sentyabr kuni ishga tushgandi.

Virtual qabulxona sayti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev raisligida oʻtgan majlisda Bosh prokuror axboroti tinglandi

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi qabulxona faoliyati bilan tanishtirib boruvchi sahifada maʼlum qilinishicha, virtual qabulxona faoliyati boshlangandan keyingi birinchi haftada oʻrtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi, ikkinchi haftada oʻrtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan ortdi, uchinchi haftada esa oʻrtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 tadan ortdi, toʻrtinchi hafta oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 tadan ortdi. 22 oktyabr kuni umumiy murojaatlar soni 70 mingdan ortdi.

25 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida Bosh vazir virtual qabulxonasi faoliyatining 1 oylik yakunlariga bagʻishlangan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining murojaatlarni koʻrib chiqilayotganda sansalorliklarga yoʻl qoʻygan qator mansabdor shaxslarga nisbatan choralar toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Yangiliklar lentasi
0