Yunusobod metrosi qurilishi qayta boshlandi

© Sputnik UZbekistanYunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi
Yunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Metro qurilishi munosabati bilan Yunusobod dehqon bozori ham boshqa joyga ko‘chirilish ehtimoli bor ekan.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Oktabr o‘rtasida Shavkat Mirziyoyev taaluqli vazirliklarga Yunusobod yo‘lining uzoq yillardan beri qurilishi to‘xtab qolgan "Fayzulla Xo‘jayev" va "Yunusabad" bekatlarini qurib bitkazishni topshirgan edi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu qurilish maydonchasida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

Quruvchilar, katta qurilish texnikasi kirib kelishi uchun, qurilish maydonini o‘rab turgan devorni olib tashlashdi. Ayni damda qurilish maydonchasida to‘planib qolgan axlat olib chiqib tashlangan va chuqurlikni qazish ishlari davom etmoqda.

© Sputnik UzbekistanYunusobod yo‘li qurilishi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod yo‘li qurilishi

Qurilish tashkiloti vakilining so‘zlariga qaragnada metro bekatlaridan biri Yunusobod dehqon bozor oldida ikkinchisi undan 1 km uzoqlikdagi ko‘p qavatli uylar orasidagi chorrahada joylashgan bo‘lar ekan. Ushbu joy xalq orasida "Petushok" deb nom olgan.

Axmad Donish ko‘chasi bo‘lab pastga qarab yurilgan tomonda metro poyezdlari uchun "garaj" qurilar ekan. Usha yerda ular aylanib olishlari ham mumkin bo‘ladi. Quruvchilar aytishiga qaraganda, qurilishga xalaqit bermasligi uchun, bozor boshqa joyga ko‘chirilishi ham mumkin ekan.

© Sputnik UzbekistanYunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi

"Qurilish ochiq uslub bilan olib boriladi, shekilli. Bu barcha qurilish ishlarini va kommunikatsiyalarni osonroq o‘tkazish imkonini beradi", — dedi quruvchilardan biri Sputnik muxbiriga.

Qurilishga xalal berayotgan daraxatlar allqachon kesilmoqda. Buning hisobidan avtomobil yo‘li ham kengaytirilar ekan.

"Daraxtlarni kesishga majburligimizdan afsusdamiz, lekin kelajakda bu avtomobil yo‘lini kengaytirish imkonini beradi. Bu yo‘llari tor bo‘lgan, aholi zich yashaydigan Yunusobod mavzelari uchun o‘ta mumhim masala. Tirbandlar hammani qiynab yubordi. Bu yerda metro qurilishi bilan hukumat birdaniga bir necha muammoni hal qiladi, jumladan yo‘llarda erkin  harakatlanishni ham", — dedi qurilish brigadasi boshlig‘i.

Yunusobod yo‘lining qurilishi qachon tugashin hech kim aniq ayta olmadi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘ hajmini ham. Kimdir barcha ishlar Navro‘z bayramigacha tugatilishi mumkinligini taxmin qildi, boshqalar kamida 2-3 yil kerakligini ta’kidlashmoqda.

Toshkent mterosining Yunusobod yo‘li qurilishi 1988-yilda boshlanib 2001-yilda to‘xtatilgan edi. Qurilish bo‘yicha Yunusobod yo‘li eng murakkab yo‘l bo‘lib chiqdi, chunki Bo‘zsuv ko‘l va bir necha kanallar ostidan tunnel o‘tkazishga to‘g‘ri kelardi.

Yunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi
V Tashkente nachalos stroitelstvo linii metropolitena v Yunusabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod yo‘li qurilishi qayta boshlandi

Bugungi kunda Yunusobod yo‘lining asosiy muammosi bu — uning aholi ko‘p yashaydigan mavzelargacha yetkazilmaganligidir. Shuning uchun ham ko‘pchillik metrogacha boshqa transportdan foydalanishga yoki umuman shaxsiyt avtotransportdan foydalanishni ma’qul ko‘radi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Yunusobod yo‘lini qurib bitkazish jamoat transportiga va avtomobil yo‘llarig bo‘lgan bosimni ancha kamaytirish imkonini beradi va asosiysi esa — Toshkent yer osti transportining samaradorligini oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0