“Mersedes” va “Gazel” to‘qnashuvida 3 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishTez yordam avtomobili
Tez yordam avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida xabar qilinishiga ko‘ra, Toshkentda “Mersedes” yengil avtomobili va “Gazel” kichik yuk mashinasi ishtirokida avariya sodir bo‘lgan. Uning oqibatida uch kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bir necha kun oldin Toshkentdagi "Samarqand darvoza" savdo markazi yonida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.

"Mers" katta tezlikda bordurga urilib, osmonga ko‘tarilib ketdi va yoni bilan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan "Gazel"ga borib urdi", — deb yozadi voqeaga guvoh bo‘lganlarning biri "Voditeli Tashkenta", ijtimoiy guruhida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bo‘lib o‘tgan mudhish hodisa fotosuratlarini chop etishdi.

Mersedes avtomobili haydovchisi va uning yonida o‘tirgan yo‘lovchi ayol qurbon bo‘lishgan. Keyinroq "Gazel" haydovchisi ham qurbon bo‘lgan. "Voditeli Tashkenta" ijtimoiy guruhi a’zolari fojea qurbonlarining yaqinlariga ta’ziya va hamdardlik bildirmoqda. Ayniqsa fojeada aybdor bo‘lmagan "Gazel" haydovchisi oila a’zolariga.

© "Novosti Uzbekistana""Mersedes" va "Gazel" to‘qnashuvi
V Tashkente Gazel i Mercedes stolknulis lob v lob - Sputnik O‘zbekiston
"Mersedes" va "Gazel" to‘qnashuvi

 

Yangiliklar lentasi
0