Dunyoda

Moldova prezident saylovida Igor Dodon yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Miroslav RotarMolodva prezidenti nomzodi Igor Dodon
Molodva prezidenti nomzodi Igor Dodon - Sputnik Oʻzbekiston
Igor Dodon Moskva bilan munosabatlarni tiklash, Moldova mahsulotlarini Rossiya bozoriga qaytarish va Rossiya bilan energetik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Moldova Respublikasida 30 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovida Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon yetakchilik qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

Markaziy Saylov qoʻmitasi xabariga koʻra, Igor Dodon birinchi turda toʻliq gʻalabaga erishish uchun yetarli ovoz toʻplay olmagan, shuning uchun 13 noyabrda ovoz berishning ikkinchi turi boʻlib oʻtishi ehtimoli bor.

Ayni damda saylov varaqalarining 99.3 % hisoblandi. Ularning natijasiga koʻra, Dodon 48, 26% ovoz toʻplagan. Uning raqibi, “Harakat va hamjihatlik” partiyasi rahbari  -   Mayya Sandu – 38,42 % ovoz toʻplagan. Moldova prezidentligiga birinchi turda gʻalaba qozonish uchun nomzod 50% va +1 dona ovoz toʻplashi kerak.

Saylovda ishtirok etgan boshqa nomzodlar ancha orqada qolib ketishgan, Dmitriy Chubashenko – 6%, Yuriy Lyanke – 3,12%, boshqalar 2%dan kam.

Dodon eng koʻp ovoz toʻplashi yangilik boʻlmadi, saylovdan oldin ham koʻpchillik uning gʻalabasini kutgan edi.

Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon, prezident boʻlgan taqdirda Moskva bilan munosabatlarni tiklash va Molddova mahsulotlarini Rossiya bozoriga qaytarish tarafdoridir. Undan tashqari, Dodon, Rossiya bilan energetik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

Nomzod Sanduning siyosati esa — Ruminiya va Ukraina bilan  aloqalarni mustahkamlash va AQSH bilan strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.

Mustaqil kuzatuvchilar xabariga qaraganda, Moldova prezidenti saylovida aholi juda faol qatnashgan. Ovoz berish tartibi barcha xalqaro talablar darajasida boʻlib oʻtgan. Moldova saylov qoʻmitasi xabariga koʻra, prezident sayloviga mamlakat byudjetidan 4,99 mln $ mablagʻ ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala