Ish hammaga yetadi – O‘zbekistonda 2017-yilga Bandlik dasturi qabul qilindi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishBo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturda aholining ish bilan band bo‘lmagan qatlami hamda 500 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va oliygohlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilga aholi bandligi dasturi qabul qilindi. Bu haqda ut.uz xabar bermoqda. Dastur O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 28-oktabr kungi yig‘ilishida qabul qilindi.

Mazkur hujjatda yangi yilda aholi bandligi masalasi qanday hal etilishi haqida batafsil bayon etilgan.

Dastur shahar va tumanlar mehnat bozoridagi asl vaziyat, ayrim tumanlarda ehtimoliy ishsizlikning oshish omillari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston yangi ish o‘rinlari yaratish uchun 100 mln $ jalb etadi

Dasturga ko‘ra muntazam ish o‘rinlarida 389,3 ming kishining bandligi, xususan yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga 345,3 ming o‘rin, faoliyat yuritmayotgan korxonalarni qayta tiklash evaziga 44,0 ming ish o‘rni yaratiladi, xususiy tadbirkorlik sohasida 97,7 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.

Qishloq xo‘jaligi ishlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, paxta va bug‘doy yig‘im-terimi, pillachilik, namunaviy tipdagi uy-joylar qurish, ishlab chiqarish obyektlarini qurish sohasida 199,1 ming kishini mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, shaxsiy va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik va oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlarida ish bilan band bo‘lmagan 308,6 ming nafar aholini, xususan, ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Dasturni amalga oshirish doirasida aholining ish bilan band bo‘lmagan qatlami hamda 500 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va oliygohlar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0