Jamiyat

Voskresenskiy: Islom Karimov haykali Oʻzbekiston tomonidan taqdim etiladi

Islom Karimov sharafiga atalgan yodgorlik qayerga oʻrnatilishi aniq boʻldi

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Moskva shahar dumasining yodgorlik sanʼati boʻyicha komissiya raisi Igor Voskresenskiy tez kunlarda Rossiya poytaxtiga haykal oʻrnatiladigan joyni oʻrganish uchun oʻzbek haykaltaroshi kelishini maʼlum qildi.

"Erta-indin Oʻzbekistondan haykaltarosh keladi, joyni oʻrganadi. Haykaltaroshlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi, hozirda hukumat va Prezidentning oila aʼzolari oʻrtasida loyiha boʻyicha kelishuv olib borilmoqda. Haykal Moskvaga oʻzbekiston hukumati tomonidan taqdim etiladi", — dedi u.

Islom Karimov sharafiga atalgan yodgorlik qayerga oʻrnatilishi aniq boʻldi. Yodgorlik Moskva shahridagi Polyanka koʻchasidagi xiyobonga oʻrnatiladi. Xiyobon ham Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomi bilan ataladigan boʻldi. Moskva hukumati ana shunday qaror qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala