Jamiyat

Moskvadagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan ataladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xiyobonga Islom Karimov nomini berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Moskva markazida, Yakimanka tumanidagi respublika konsullik boʻlimi va mehmonxonasi yaqinida joylashgan xiyobonga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomi beriladi, deb xabar beriladi Moskva meriyasi saytida. 

Konsulxona yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni soʻrab shahar rahbariyatiga Rossiya va Oʻzbekistonning fan, siyosat va sanʼat arboblari murojaat qildi. Mazkur xiyobonga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti nomini berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Avvalroq Rossiya poytaxtida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab yodgorlik xiyoboni barpo etish haqidagi taklifni Moskva meri huzuridagi hududiy birliklarni nomlash boʻyicha shahar komissiyasi qoʻllab-quvvatlagandi.

Sputnik Oʻzbekiston Moskva hokimiyati Islom Karimovga yodgorlik oʻrnatish masalasini koʻrib chiqishi haqida xabar bergandi.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni insult oqibatida vafot etdi. U oʻzi tugʻilib-oʻsgan Samarqand shahrida dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0