“O‘zavtosanoat” fuqarolar murojaatlari bilan ishlaydigan maxsus guruh tuzdi

© UzAutoUzAuto kompaniyasi stendi
UzAuto kompaniyasi stendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya har bir murojaatni rasmiy hujjatlashtirib, tez fursatda va murojaat qiluvchiga qulay bo‘lgan uslubda ko‘rib chiqilishini kafolatlamoqda

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bog‘liq bo‘lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zavtosanoat” AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi o‘rinbosari Qobiljon Azimov boshchiligidagi ushbu ishchi guruh fuqarolarni qabul qilish va ular tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni obyektiv ko‘rib chiqish va asosli ravishda ijobiy hal qilish vazifasini bajaradi.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxona: har bir murojaat qat’iy nazoratda

Xabarda bildirilishicha, avtomobil savdosiga tegishli bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan bevosita diler korxonalariga yoki “GM O`zbekiston” AJning  “Mijozlarni qo‘llab quvvatlash markazi” (Call-Center) orqali murojaat etish mumkin.

Ma’lumotnomada shuningdek, fuqarolar murojaatlari, ular qaysi vositalar orqali yetkazilganligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Virtual qabulxonasi apparatiga hisobot tariqasida muntazam ravishda yetkazilishi va har bir murojaat yuzasidan amalga oshirilgan choralar haqida ma’lumot  berilishi bildirilgan.

“O‘zavtosanoat” har bir murojaatni rasmiy hujjatlashtirib, tez fursatda va murojaat qiluvchiga qulay bo‘lgan uslubda ko‘rib chiqilishini kafolatlamoqda.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga o‘z taklif va shikoyatlari bilan murojaat qiluvchi fuqarolar soni oshib borgani sayin, ushbu murojaatlarga o‘z vaqtida javob berilishi hamda hal qilinishi yuzasidan nazorat ham kuchaytirilmoqda. Har bir murojaat qat’iy nazoratga olinib, fuqarolarning murojaatlariga nisbatan befarqlik bilan qaragan mas’ul shaxslar jazoga tortilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0